TerDU talaba-qizlari IT tanlovida g‘olib

Date:

Termiz davlat universiteti talaba-qizlari “IT Queens — Kelajakni yaratuvchi qizlar” innovatsion tanlovining hududiy bosqichida uchta yo‘nalishda birinchi o‘rinni egalladi.

Musurmonqulova Munisa mobil ilovalar, Saydullayeva Barchinoy kiberxavfsizlik, Mardayeva Dilnura esa avtomatlashtirilgan tizimlar yo‘nalishida tengsiz deb topildi. Ular zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari hamda innovatsion g‘oyalarini namoyish etdi.

Tanlovning boshqa yo‘nalishlarida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda Termiz davlat pedagogika instituti talaba-qizlari ham yuqori natijalarni qayd etdi.

G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha birinchi o‘rin sohiblari tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun