Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Date:

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanidagi “Qushchilik” mahallasida bo‘ldi.

Tashrif davomida mahalla yettiligining faoliyati, aholi bandligi, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarni manzilli hal etish masalalari o‘rganildi. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar xonadonlariga kirib, ularning sharoiti va ehtiyojlari bilan ham yaqindan tanishildi.

Shuningdek, Ataniyazov ko‘chasida Uzun tumani tajribasi asosida tashkil etilayotgan uzumzor loyihasining borishi ko‘zdan kechirildi.

Tashrif yakunida Taxiatosh tumani hokimi Islambek Sodiqov bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududni rivojlantirish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi. Tomonlar o‘rtasida amaliy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan memorandumlar imzolandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun