Alp tog‘larida muzliklar rekord tezlikda erimoqda

Date:

Shveytsariya Alp tog‘laridagi muzliklar so‘nggi yillarda misli ko‘rilmagan tezlikda qisqarib bormoqda. Olimlar ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilning o‘zida muzliklar hajmining 5,5 foizi yo‘qolgan, 2021-yildan buyon esa mamlakatdagi umumiy muz hajmi qariyb 20 foizga kamaygan.

Tadqiqotlarda 2022–2026-yillar oralig‘idagi muz erishi kuzatuvlar tarixidagi boshqa har qanday besh yillik davrga nisbatan ikki baravar tez kechgani qayd etilgan. Bunga qish oylarida qorning kam yog‘ishi va yozda havo haroratining yuqoriligi asosiy sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.

Ayrim muzliklarning o‘rtacha qalinligi bir yil ichida 2,5–4 metrga kamaygan, ayrim muz tillari esa 10 metrgacha qisqargan. Shuningdek, bir nechta kichik muzliklar butunlay yo‘qolib ketgan.

Shveytsariyadagi eng yirik muzlik — 22 kilometrdan ortiq uzunlikdagi Aletsch muzligi ham yillar davomida sezilarli qisqargan. Olimlar iliq suvning muz ostidagi bo‘shliqlarni yemirishi natijasida ayrim muzliklar ichkaridan qulayotganini ham kuzatmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TISU xalqaro reytingda 4 yulduzga sazovor bo‘ldi

Surxondaryo viloyatida oliy ta’lim sifatini oshirish va ta’lim muassasalarining...

«Mardlar maydoni»: xalqaro kurash turnirida surxonlik polvonlar peshqadam

Termiz shahrida buyuk alloma Hakim Termiziy tavalludining 1200 yilligiga...

Mo‘g‘ulistondan 400 bosh qo‘y keltirildi

Oltinsoy tumanida chorvachilikni rivojlantirish, naslchilik yo‘nalishini kengaytirish va go‘sht...

189 ballik natija

Termiz davlat universiteti Akademik litseyi o‘quvchilari Jaxongir Boysoatov va...
KunTun
KunTun