Ayol — siyosatchi obrazida

Date:

Kundalik tusrmushimizning har bir jabhasida u xoh iqtisod bo‘lsin, xoh siyosat, davlat qurilishi-yu ta’lim tizimi – barchasida ayollar faolligi ko‘zga tashlanadi. Bu holat bugungi kunda har qachongidan-da yaqqol namoyon bo‘layotir. Prezidentimiz tomonidan mamlakatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, salomatligini muhofaza qilish, intilish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularga munosib mehnat va yashash sharoitlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani bejizga emas, albatta. Shunday ekan jamiyatda xotin-qizlarning rolini oshirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada kuchaytirish maqsadida ko‘plab tadbirlar amalga oshirilib, muhim vazifalar ado etilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan Termiz shahar hokimligida “Ayol siyosatchi” obrazi toʻgʻrisida ijobiy fikrlarni shakllantirishga qaratilgan “Xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirishda siyosiy partiyalarning oʻrni va roli” mavzusida targʻibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirning asosiy maqsadi xotin-qizlarning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonidagi faol ishtirokini kuchaytirish bo‘lsa, yo‘nalishlari esa ayollarning siyosiy va huquqiy bilimini rivojlantirish, ayol sifatida, to‘g‘rirog‘i, ona sifatida yosh avlod tarbiyasidagi mas’uliyatini yanada oshirish edi.

Shu bilan bir qatorda tadbirda faol xotin-qizlarning jarayonlardagi tashabbuskorlik va yetakchilik qobiliyatini yuksaltirish, bu boradagi ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish masalalari ham keng muhokamaga qo‘yildi.
Shu narsa aniqki, biz yashayotgan demokratik jamiyatni xotin-qizlarning taklif va tashabbuslarisiz, faolligisiz tasavvur qilish qiyin. Tadbirda bundan keyingi rejalar haqida o‘ylab ko‘rilib, davlat boshqaruvi organlari bilan ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash, xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini oshirish kabi masalalar belgilab olindi. Qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, o‘rinli javoblar olishdi.

Dildora Otaqulova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun