TEMURIYLAR BOG‘LARI:O‘TMISH MEROSI VA BUGUNGI TARAQQIYOT UYG‘UNLIGI

Date:

Prezident Shavkat Mirziyoyev Temuriylar bog‘larini tarixiy merosning ajralmas qismi, buyuk bunyodkorlik va ma’naviyat timsoli sifatida yuksak baholaydi. Ular ajdodlarimizning dunyoqarashi, ilm-fan va obodonchilikka bo‘lgan yuksak e’tiborini ko‘rsatuvchi ibratli maskanlar sifatida alohida ta’kidlanadi. Temuriylar davrida bog‘sozlik san’ati yuksak darajada rivojlangan. Bog‘lar ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, ularning manbalarda keltirilgan umumiy sonlari va nomlari bir xil emas.

Ayniqsa, Ibn Arabshohning ”Ajoyib al-maqdur fi tarixi taymur” asarida turli bog‘lar haqida batafsil ma’lumot beradi. U bog‘larni nafaqat estetik jihatdan, balki ularning joylashuv uyg‘unligi asosida ham tasvirlaydi. Agar Temur biror tomonga safarga chiqib ketsa, Samarqandda uning askarlari va yordamchilari qolmasdi. Shunda bog‘lar qarovsiz, bo‘sh holatda qolardi. Shu paytda shahardagi kambag‘al va oddiy odamlar o‘sha bog‘larga borishardi. Chunki bu bog‘lardan ham yaxshiroq, ham chiroyliroq, dam olish uchun bundan qulayroq va tinchroq joy yo‘q edi. Bog‘lardagi mevalar juda shirin va mazali bo‘lib, hamma uchun teng — bepul edi. Hech kim ularni sotmasdi, hatto juda arzon narxda ham emas. Shu sababli odamlar u yerda bemalol dam olib, mevalardan foydalanishardi. Samarqand bilan Kesh (hozirgi Shahrisabz) orasida katta bir bog‘ barpo ettirib, uning ichida saroy qurdiradi va uni “Taxta Qarocha” deb ataydi. Rivoyat qilishlaricha, o‘sha saroy qurilishida ishlagan bir odam yo‘qolib qoladi. Keyin ma’lum bo‘lishicha, u olti oy davomida o‘sha bog‘ ichida yurib, oxiri topilgan.

XIV asr 70-yillarida Ko‘hak tog‘i etagida “Bog‘i Naqshijahon” barpo etildi. 1378-yili Samarqanddan g‘arbda Tuman og‘a uchun “Bog‘i Behisht” qurildi. “Bog‘i Amirzoda Shohrux” 1394-yili Shohrux Kavkaz ortiga yurishidan qaytishi sharaflga qurilgan. “Bog‘i Baland” esa Temurning dong‘i ketgan maskanlaridan biri bo‘lgan. 1399-yili Amir Temur Hindistondan qaytishi sharofatiga Samarqanddan janubda, Darg‘om cho‘lida “Bog‘i Davlatobod” tashkil etilgan. «Bog‘i Chinor» ham shahardan janubda joylashgan edi. 1404-yili Samarqand shahri g‘arbiy devori ortida “Bog‘i Nav” barpo etildi. “Bog‘i Jahonnamo” deb nom olgan qarorgoh esa Shahrisabz yo‘lidagi tog‘ yonbag‘irligida qurilgan.

 “Bog‘i Maydon” Afrosiyobning shimoliy tomonida qurila boshlagan vaqtida Amir Temur vafot etib qolgan, shu bois qurilish ishlarini Mirzo Ulug‘bek yakunlagan. Mazkur bog‘lar o‘zlarining ajoyib ko‘shk-saroylari, yozgi ayvon-u shiyponlari, mevali, manzarali daraxtlari, anvoyi o‘simlig-u gullari bilan chet ellik sayyoh va elchilarni lol qoldirgan. Bogʻi Shamolni Amir Temur 1397-yil nabirasi (Mironshohning qizi)ga atab qurdirgan. Samarqandning gʻarbida boʻlgan. Undagi saroy toʻrtburchak shaklda boʻlib, har tomoni 1500 qadamni tashkil qilgan. Devorlariga marmar qoplanib, sahni qora yogʻoch va fil suyagidan ishlangan. Bu bog joylashgan hudud va u yerdagi ariq hozir ham „Bogʻi Shamol“ deb ataladi. Samarqand atrofida bulardan tashqari yana bir qancha bogʻlar boʻlgan. Amir Temurning bogʻ qurish anʼanasini temuriylardan Shohrux, Ulugʻbek, Bobur va boshqa ham davom ettirishgan. Bogʻi Maydon Amir Temur Samarqandning shimolida, Choʻponota tepaligi etagida qurdirgan. Tarixiy manbalarga qaraganda, bogʻda hashamatli bir ayvon (koʻshk) va qimmatbaho toshlardan yasalgan taxt boʻlgan. Mirzo Ulugʻbek bu bogʻni yanada obod qilgan. Bobur shu haqda bunday deb yozadi: „Bu bogʻning oʻrtasida (Ulugʻbek) bir oliy imorat qilibdur. Chil(qirq) sutun derlar, du (ikki) oshyona (kavat), sutunlari tamoni toshdan. Bu imoratning toʻrt burchida toʻrt manordek burjlar qoʻporibturlarkim, yuqorigʻa chiqar yoʻllar bu toʻrt burjdindur. Oʻzga tamom yerlarda toshdin sutunlardir. Baʼzini morpech xiyora (burama, koʻpqirrali) qilibturlar. Yuqorigi oshyonaning toʻrt tarafi ayvondir, sutunlari toshdan. Oʻrtasi chordora uydir. Imorat kursisini tamom toshdan farsh qilibdirlar“. Bu bogʻ oʻrni hozir ham Bogʻi Maydon deb ataladi. Bog‘i Davlatobod Amir Temur farmoni bilan Shahrisabz – Samarqand yo‘nalishida yaratilgan bog‘. Uning nomi Nizomiddin Shomiyning «Zafamoma» asarida Sohibqironning Hindiston yurishidan qaytishi (1399) voqealari bayonida eslatilganidan kelib chiqib, bog‘ ancha ilgari yaratilgan, deyish mumkin. Amir Temur hukmronligi davrida Movarounnahrdagi mavjud bog larda mehmon bo‘lgan Ispaniya elchisi Klavixo, bu bog‘larda mevali daraxtlaming ko‘pligini, shuningdek, alohida uzumzor maydonlari boiganligini, saroy favvoralarida qizil olmalar qalqib turganligini hamda nonushta vaqtida dasturxonga qovun. uzum, shaftoli va boshqa mevalar qo‘yilganligini yozadi. O‘sha davrga oid bog‘lardagi saroylar xarobalarida olib berilgan arxeologik qazish ishlari natijasida ko‘plab shaftoli danaklari topilgan. Shuningdek, xaroba uyumlari orasida uchragan ganch bo‘laklarida anor daraxtining rasmi tushirilganligi aniqlangan. Sharafuddin Ali Yazdiy Dilkusho bog‘ida juda ko‘p xilma-xil mevalar yetishtirilganligi to‘g‘risida yozib, ulardan eng yaxshi navlarining nomlarini eslatib o‘tgan. Bular jumlasiga olma (sebi surx, gulobi, abadi ashkuvona, kamzak), o‘rik (arusak, ma’muri), shaftoli (xossasi dona shirin), olxo‘ri (olui surx), tut (tuti bedona), anor (anori xukka), nok (munakid, sharbati, naboti), pista (pistai daxan boz) kabi mevali daraxtlar kiradi.

Odinapur (Hindiston) qo‘rg‘onining oldida, janubiy tarafda katta chorbog‘ bor edi. Bu bog‘ “Bog‘i Vafo” deb ataladi. U to‘rtburchak shaklda bo‘lib, atrofini qalin devor o‘rab turardi. Ichida turli xil daraxtlar, ayniqsa anor daraxtlari bisyor edi.Pahorxonni bosib, Lohur va Dehli tomonlariga fath qilgan yili bu yerga kelib, bir muddat shu bog‘da turdim. O‘sha yili nayshakar (shakarqamish) ekilgan edi. Hindistonning boshqa joylarida ham nayshakar bo‘lsa-da, bunday yaxshi nayshakar bu yerda ko‘rganimdek emas edi. Bu yerdan Badaxshon va Buxoroga ham nayshakar yuborib turilardi. Bog‘ning atrofi muttasil oqib turadigan suv bilan ta’minlangan, havo salqin edi. Bog‘ning o‘rtasida kichik bir tepalik bor bo‘lib, uning ustida bir imorat qurilgan edi. Atrofida esa turli daraxtlar va gullar o‘sardi.Bog‘ o‘rtasidagi chorhamon (to‘rt yo‘l kesishgan joy) ustida hovuz bo‘lib, u juda chiroyli ko‘rinardi. Bog‘ning g‘arbiy janubiy tarafida yana bir hovuz bor edi. Bu hovuzning atrofida anor daraxtlari ko‘p bo‘lib, juda serhosil edi. Bu bog‘ning ayrim joylari uslub jihatdan ham juda go‘zal bezatilgan edi.

Mustaqillik yillarida boy ma’naviy merosimiz, milliy-qadriyatlarimiz, shu jumladan ulug‘ bobomiz Sohibqiron Amir Temurning jahon madaniyati tarixidagi o‘rnini tiklandi va temuriylar tarixini chuqur o‘rganish, uni targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratildi. Bugungi kunda Amir Temur merosini o‘rganish bo‘yicha Yevropa tillarida va Sharq tillarida minglab kitoblar yozilgan, ko‘pdan-ko‘p suratlari ishlangan. Amir Temur o‘z avlodlariga nafaqat katta saltanatni, ayni vaqtda yaxshi an’analarni ham meros qoldirdi. Barcha Temuriylar Amir Temurning obodonchilik, mamlakatni adolat bilan boshqarish, ilm-fan, madaniyat, san’at sohalaridagi ishlarini davom ettirdilar. Amir Temur bog‘lari falsafasi va YUNESKO g‘oyalari uyg‘unlashdi. Samarqandda Amir Temur bog‘lari an’anasi zamonaviy talqinda qayta tiklanmoqda. 5 gektar maydonda YUNeSKO tashkil etilganining 80 yilligi munosabati bilan “Merosga tayanab, kelajak sari” shiori ostida “Yashil bog‘” barpo etildi. Loyiha tashkilotning asosiy qadriyatlari — tinchlik, madaniyatlararo muloqot, madaniy merosni asrash va ekologik barqarorlik g‘oyalarini ifoda etadi.

“Boqiy shahar” majmuasi hududida 1,2 gektar yerda 564 tup daraxt va butalar ekildi. Yangi bog‘ “Silk Road Samarkand” turistik markazi va Qorasuv massivi yaqinida, Zarafshon daryosining sohilida joylashgan bo‘lib, u dam olish, ma’rifat va xalqaro do‘stlik ramziga aylanishi ko‘zda tutilgan. “Yashil bog‘” shunchaki ko‘kalamzor emas, balki zamonaviy ekologik innovatsiyalar markaziga aylanadi. Bu yerda suv sarfini kamaytiradigan tomchilatib sug‘orish tizimlari, quyosh panellari va energiya tejovchi nasoslar, yomg‘ir suvini yig‘ib, qayta foydalanish tizimlari, chiqindilarni kompost qilish va tuproqni boyitish maydonlari joriy etiladi. Yo‘laklar va o‘rindiqlar mahalliy tabiiy materiallardan tayyorlanadi. Bunday yechimlar shahar muhitida haroratni sezilarli darajada pasaytiradi.

Loyiha konsepsiyasi Amir Temur bog‘lari falsafasiga asoslangan bo‘lib, bog‘ 9 ta bo‘limga bo‘linadi. Bu bo‘limlar Sohibqiron barpo etgan mashhur bog‘lar — “Bog‘i Chinor”, “Bog‘i Behisht”, “Bog‘i Davlatobod”, “Bog‘i Dilkusho”, “Bog‘i Shamol”, “Bog‘i Nav”, “Bog‘i Jahonnamo”, “Bog‘i Maydon” va “Bog‘i Baland” g‘oyalarini ifoda etadi. Har bir bo‘limda o‘sha davrga xos daraxt va butalar, chinor, tut, xurmo, kedr, pavloniya, atirgul, lavanda, magnoliya, lola, akatsiya, fotiniya, sekvoyya va boshqalar ekiladi.

Xulosa qilib aytganda, Amir temur va Temuriylar davrida yaratilgan bog‘lar nafaqat estetik va obodonchilik namunalari, balki xalq hayoti va madaniy merosning ajralmas qismi bo‘lgan. Ular inson va tabiat uyg‘unligini ta’minlagan, dam olish, ma’naviy o‘sish va ijtimoiy tenglikni ifodalovchi maskan sifatida xizmat qilgan. Bog‘lar nafaqat hukmdorlar, balki oddiy xalq uchun ham ochiq bo‘lib, o‘sha davr bog‘sozlik san’ati va landshaft me’morchiligining yuqori darajasini namoyon etgan. Bugungi kunda, tarixiy manbalar va arxeologik tadqiqotlar asosida bog‘lar merosining ahamiyati yana bir bor tasdiqlanmoqda. Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar va UNESCO g‘oyalari bilan uyg‘unlashtirilgan zamonaviy bog‘lar orqali tarixiy an’analar saqlanib qolmoqda va bugungi avlod uchun ham ilmiy, madaniy va ekologik ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Shunday qilib, Temuriylar bog‘lari nafaqat o‘tmishning yodgorligi, balki zamonaviy hayot va kelajak avlodlar uchun ham qadriyatli meros sifatida muhim o‘rin egallagan deb xulosa qilishimiz mumkin.

Muyassar Xudoyberdiyeva,

Termiz davlat universiteti talabasi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oyda ikki kun…

2026-yil 1-maydan boshlab O‘zbekistonda har oyning 10- va 25-sanalarida...

Boysunning xalqaro nufuzi yanada oshadi

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivalini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida...

Janubiy Surxon suv ombori – turizm va ekologiya uyg‘un

Qumqo‘rg‘on tumanidagi Janubiy Surxon suv ombori hududida turizm infratuzilmasi...

Muammoga yangicha yechim

Surxondaryo viloyatidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari supervayzorlari ishtirokida Sherobod...
KunTun
KunTun