Sportni ommalashtirishga yangi tashabbuslar boshlandi

Date:

Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, ayniqsa yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng qaror toptirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar izchil davom etmoqda. Shu maqsadda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sport vazirligi hamkorligida tashkil etilgan o‘quv-amaliy seminar va sport haftaligiga start berildi.

Mazkur tashabbus 2026-yil 7-aprel kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Sport vaziri Adham Ikramov hamda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, sohadagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar.

Yig‘ilishda jismoniy tarbiya va sportni oliy ta’lim tizimi bilan yanada uzviy integratsiya qilish, talaba-yoshlar orasida sog‘lom va faol hayot tarzini shakllantirish, shuningdek, zamonaviy sport infratuzilmasini rivojlantirish bugungi kunning ustuvor vazifalari sifatida alohida ta’kidlandi. Zero, sog‘lom avlodni tarbiyalash – mamlakat taraqqiyotining mustahkam poydevoridir.

O‘quv-amaliy seminar oliy ta’lim muassasalari rahbarlari uchun muhim platformaga aylanib, unda ilg‘or tajribalarni o‘rganish va almashish, sport sohasidagi islohotlarni jadallashtirish, zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.

Yakunda Prezidentimiz tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, hududlarda amaliy natijalarga erishish hamda ilg‘or tashabbuslarni keng ommalashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Mazkur sa’y-harakatlar, shubhasiz, yoshlar salomatligini mustahkamlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va sport orqali barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Majburiy ijro byurosi: 9 oyda 5,4 trillion so‘m mablag‘ undirildi

Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi...

Murojaatlardan aniq vazifalargacha

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi At-Termiziy mahallasida...

Elektr ta’minotini kuchaytirish uchun 15 milliard so‘m yo‘naltirildi

Muzrabot tumanida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr...

Xotin-qizlar bandligi: tashabbus va amaliy natija

Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va oilaviy...
KunTun
KunTun