“Vazir kubogi”: kuchlilar aniqlandi

Date:

Yoshlar, ayniqsa, talaba-qizlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va jamoaviylik ruhini mustahkamlash bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda tashkil etilayotgan sport musobaqalari yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Termiz davlat universiteti mezbonligida o‘tkazilgan “Vazir kubogi” futbol musobaqasida respublikamizning 13 ta oliy ta’lim muassasasi jamoalari ishtirok etdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakunida Qarshi davlat universiteti jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Mezbon jamoa — Termiz davlat universiteti 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Termiz davlat pedagogika instituti jamoasi 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tantanali ravishda taqdirlanib, ularga medallar, diplomlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mazkur turnir nafaqat sport bellashuvi, balki do‘stlik, birdamlik va iqtidorni namoyon etish maydoniga aylandi. Bu kabi musobaqalar yoshlarning jismoniy va ma’naviy kamolotini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun