9-mavsum boshlandi

Date:

Surxondaryo Volontyorlar maktabining 9-mavsum ochilish marosimi ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Tadbirni viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi mutaxassisi Mengto‘rayeva Laylo ochib berib, volontyorlikning jamiyatdagi o‘rni va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga alohida to‘xtaldi.

Yangi mavsumga 80 nafardan ortiq tashabbuskor yoshlar jalb etilgani volontyorlik harakatiga qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatadi. Dastur doirasida ishtirokchilar uchun jamoaviy mashg‘ulotlar va interaktiv tadbirlar tashkil etildi.

Mazkur loyiha yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, jamiyatda hamjihatlikni mustahkamlash hamda ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayramga tayyorgarlik ishlari boshlandi

Yilning eng quvonchli va unutilmas bayramlaridan biri — Yangi...

Surxon suv ombori yangi qiyofa kasb etadi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi Surxon suv ombori hududida turizmni rivojlantirish, dam...

Zo‘ravonlik: xabar berish tartibi belgilandi

Xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik, voyaga yetmaganlar...

Futbolchilarimiz eng yaxshilar safida

So‘nggi yillarda o‘zbek futbolchilari xalqaro maydonda munosib natijalar qayd...
KunTun
KunTun