“Temurbek” — sahnada jonlandi

Date:

Yurtimizda buyuk ajdodlar merosini targ‘ib etish, yosh avlodni tarixiy ong va milliy g‘urur ruhida tarbiyalashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar izchil davom etmoqda. Ana shunday muhim tashabbuslardan biri sifatida “Temurbek” tarixiy asarining teatrlashtirilgan taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda olimlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, soha vakillari va oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etdi

Taqdimot “Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaror ijrosi doirasida o‘tkazilib, tarixiy merosni yangi bosqichda o‘rganish va targ‘ib etishga xizmat qildi.

Tadbir davomida asar muallifi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali hamda markaz rahbarining birinchi o‘rinbosari Botu Alimov so‘zga chiqib, Amir Temur shaxsiga qaratilayotgan yuksak e’tibor, uning hayoti va faoliyatini o‘rganish borasidagi ilmiy izlanishlar haqida fikr bildirishdi. Shuningdek, “Temurbek” asarida Sohibqironning bolalik va o‘smirlik yillari badiiy va tarixiy uyg‘unlikda yoritilgani alohida ta’kidlandi.

“Temurbek” asarining teatrlashtirilgan taqdimoti nafaqat adabiy, balki ma’naviy-ma’rifiy jihatdan ham muhim voqea bo‘lib, yoshlar ongida tarixga hurmat va ajdodlarga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Murojaatlar e’tibor markazida

Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish va ularning muammolarini o‘z...

Surxondaryo—Mogilyov: hamkorlik yangi bosqichda

Hududlararo hamkorlikni kengaytirish investitsiyalarni jalb etish, ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish...

Samarqand tajribasi ommalashadi

Qishloq xo‘jaligida yuqori natijalarga erishish zamonaviy yondashuv va ilg‘or...

“Yuksalish” yuksalmoqda

Aholining bevosita ishtiroki bilan amalga oshirilayotgan tashabbusli budjet loyihalari...
KunTun
KunTun