Kimlar soliqdan ozod?

Date:

Solik kodeksiga kiritilgan yangi o‘zgartirishlarga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan bolalar hamda ularning ota-onalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator soliq imtiyozlari belgilandi. Ushbu chora ijtimoiy himoyani kuchaytirish va oilalarga yengillik yaratishga xizmat qiladi.

Endilikda 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bor bolalar uchun xususiy maktab yoki bog‘cha hamda kunduzgi parvarish xizmatidan foydalanadigan ota-onalar tomonidan har bir farzand uchun oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlar daromad solig‘idan ozod qilinadi.

Shuningdek, mazkur toifadagi bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar 2030-yil 1-yanvargacha barcha turdagi soliqlardan (ijtimoiy soliq bundan mustasno) ozod etiladi.

Ushbu imtiyozlar nogironligi bo‘lgan bolalar uchun ta’lim va parvarish xizmatlaridan foydalanishni kengaytirish, ota-onalarning moliyaviy yukini kamaytirish hamda sohada xususiy sektor ishtirokini oshirishga xizmat qiladi. Bu esa jamiyatda ijtimoiy tenglik va inklyuzivlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun