“142 gektar suvli yer qayta foydalanishga kiritiladi”

Date:

Bobotog‘ hududida suvli yerlarni kengaytirish rejasi hudud ahlini quvontirgani aniq. Kanallar kengaytirilsa, bir tomondan suv toshqinlarining xavfi kamayadi, boshqa tomonda esa suv ta’minoti yaxshilanadi. Suv tanqis hududlarga-da suv kirib boradi. Bu odamlarning mushkulini oson qiladi, vaqtini tejaydi.

Ayni shu maqsadda 2021-2023-yillarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotog‘ hududida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini qayta foydalanishga kiritish va yerlarning suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturidagi “MK” kanalining 11,5 kilometr uzunlikdagi qismini inshootlari bilan birgalikda rekonstruksiya qilish ishlari boshlab yuborildi.

Loyiha Respublika byudjetidan 6 milliard so‘mga moliyalashtirilgan va natijada 142 gektar suvli yer qayta foydalanishga kiritiladi va 33 gektar yer maydoni hamda “Tolto‘g‘ay” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi aholining suv ta’minoti yaxshilanadi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun