Yangi hamkorlik eshiklari ochilmoqda

Date:

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tashabbusi bilan Termiz tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etilayotgan “Texno Park” loyihasini amalga oshirish hamda unga zamonaviy texnologiyalarni jalb etish maqsadida surxondaryolik bir guruh tadbirkorlar Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida delegatsiya qator nufuzli kompaniyalar va yirik ishlab chiqarish korxonalarining faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda. Safar Shandun provinsiyasida joylashgan “Hicorp Machinery (Qingdao) Co., Ltd.” kompaniyasiga tashrif bilan boshlandi. Delegatsiya bu yerda qurilish, to‘qimachilik va metallurgiya sohalari uchun mo‘ljallangan zamonaviy uskunalarni ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Ushbu kompaniya aqlli ishlab chiqarish tizimlarini sanoatga joriy etish bo‘yicha Xitoyda yetakchi korxonalardan biri hisoblanadi.

Shundan so‘ng, tadbirkorlar “Qingdao Yiweite Intelligent Technology Co., Ltd.” faoliyati bilan tanishdilar. Kompaniya aqlli robotlar, lazer payvandlash uskunalari, payvandlash robotlari, konchilik texnikalari, yuk ko‘taruvchi va yuklovchi robotlar ishlab chiqarish sohasida katta tajribaga ega. Delegatsiya korxonaning ish jarayoni bilan batafsil tanishib, o‘zaro hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi.

Tashrifning navbatdagi manzili Xitoyning yog‘ochga ishlov berish texnikasi sohasidagi yetakchi kompaniyalaridan biri — Unisunx Group bo‘ldi. “Magic Box Ranking”da panel arralari bo‘yicha eng yaxshi ishlab chiqaruvchilardan biri sifatida e’tirof etilgan mazkur kompaniya delegatsiyaga chilangarlik kesish stanoklari, sirpanma stol arralari va mebel ishlab chiqarishga mo‘ljallangan qator zamonaviy uskunalarni namoyish etdi.

Ushbu tashrif Surxondaryo viloyatida barpo etilayotgan “Texno Park” uchun zarur texnologik yechimlarni tanlash, hududga ilg‘or ishlab chiqarish usullarini joriy etish hamda mahalliy tadbirkorlar uchun yangi hamkorlik imkoniyatlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kim fazoga uchadi?

O‘zbekistonning ilk milliy kosmonavti 2028-yil oktyabriga qadar fazoga uchirilishi...

Timsolimiz Oq bo‘ri

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoaning Jahon chempionati uchun...

Ekologiyaga zarba

Surxondaryo viloyatida Qizil kitobga kiritilgan noyob pushti saqoqqushni noqonuniy...

Niderlandiya bilan muloqot: Surxondaryo uchun yangi imkoniyatlar

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Niderlandiya Qirolligining O‘zbekistondagi Favqulodda...
KunTun
KunTun