Yorqin g‘alaba

Date:

Dubay–2025 Yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi yana bir quvonchli yangilik bilan yurtimizga faxr olib keldi. Bugun ikki nafar qizlarimiz para pauerlifting yo‘nalishida ajoyib natija qayd etib, xalqimiz ko‘nglini shod qildi.

E’zoza Abdujabborova 67 kilogramm vazn toifasida raqibalarini ortda qoldirdi va oltin medal sohibasiga aylandi. Bu g‘alaba nafaqat sportchimizning, balki butun O‘zbekiston sportining kuchi va irodasini namoyon etdi. Munisa Omonova ham bo‘sh kelmadi. U 55 kilogramm vazn toifasida ishonchli chiqish qilib, yurtimizga kumush medal taqdim etdi. Uning qat’iyati va matonati yoshlarimiz uchun yorqin namuna bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun