Mashg‘ulot qiziqarli o‘tdi

Date:

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari “Hayvonlar fiziologiyasi” fanidan amaliy mashg‘ulotni viloyati IIBning kinalogiya bo‘linmasida o‘tkazdi.

Mashg‘ulot davomida talabalar xizmat itlarining kundalik faoliyati, tayyorlash bosqichlari, psixologik moslashuvi, naslchilik ishlari va emlash jarayonlari bilan tanishdilar. Mutaxassislar qidiruv, patrul, himoya va favqulodda vaziyatlardagi vazifalar haqida batafsil tushuntirish berdi.

Tashrifning eng qiziqarli qismi — xizmat itlarining ko‘rgazmali chiqishlari bo‘ldi. Talabalar maxsus jihozlarni ko‘rib chiqish, kinaloglar bilan bevosita muloqot qilish va ularning mas’uliyatli xizmatiga yaqinidan guvoh bo‘lish imkoniga ega bo‘lishdi.

Mazkur amaliy mashg‘ulot talabalar uchun nafaqat bilim, balki hayvonlar fiziologiyasining amaliy qo‘llanilishi bo‘yicha qimmatli tajriba bo‘lib xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sariosiyo — yirik qurilishlar maydoni

Sariosiyo tumanida tadbirkorlik muhitini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish...

 “Men kuchli ayolman”

Termiz shahrida respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Men kuchli ayolman” profilaktik...

Yangi loyiha — yangi imkoniyatlar

Oltinsoy tumanida qishloq xo‘jaligiga innovatsion va energiya tejamkor texnologiyalarni...

21 yoshdan turmush qursa…

Prezident farmoniga ko‘ra, 2027-yildan boshlab har ikkala tomon kamida...
KunTun
KunTun