Fidoyilar mukofotlandi

Date:

Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan Prezidentimiz tomonidan e’lon qilingan Farmonga asosan, sohani rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan fidoyi mutaxassislar faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi. Ular qishloq xo‘jaligida zamonaviy agrotexnik usullarni joriy etib, yuqori hosildorlikka erishish, el-yurt farovonligini yuksaltirish yo‘lida yillar davomida sidqidildan mehnat qilib kelayotgan insonlardir.

Mukofot sohiblari orasida sakkiz nafar surxondaryolik agrar soha fidoyilarining borligi voha qishloq xo‘jaligi taraqqiyotiga qo‘shilgan salmoqli hissaning yorqin ifodasidir.

Surxondaryo viloyati hokimligida o‘tkazilgan tantanali marosimda hokim Ulug‘bek Qosimov mukofotlarni egalariga topshirib, ularni samimiy tabrikladi. U fidoyi qishloq xo‘jaligi xodimlarining mehnatini yuqori baholab, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, sohani modernizatsiya qilish va hosildorlikni oshirishdagi xizmatlari uchun minnatdorlik bildirdi.

Mazkur mukofotlar agrar sohadagi fidokorona mehnatning munosib e’tirofi bo‘lib, yurtimiz qishloq xo‘jaligini yangi bosqichga olib chiqayotgan mutaxassislarimizga katta ruhiy ko‘mak bo‘lib xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ilg‘or sanoat tajribasi o‘rganilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi tashabbusi bilan bir guruh mahalliy tadbirkorlar...

Bayramga taraddud

Bandixon tumani markazida bayramona bezatilgan Yangi yil archasi yong‘in...

Afv etilganlar eʼtiborda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF-242-sonli Farmoniga asosan avf...

Xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda

Surxondaryo viloyatida qish mavsumida yong‘inlar va is gazidan zaharlanish...
KunTun
KunTun