Oldi-sotdi ishlari raqamlashtiriladi

Date:

Prezidentning “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 2030-yilgacha yashirin iqtisodiyot ulushini keskin kamaytirish hamda aholining naqd pulsiz to‘lovlarga o‘tishini jadallashtirish bo‘yicha aniq maqsadlar belgilandi.

Farmon asosida:

– kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushi YIMga nisbatan 1,3 baravar qisqartiriladi;

– savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida naqd pulsiz to‘lovlar ulushi 75 foizga yetkaziladi.

2026-yil 1-apreldan bir qator to‘lovlar faqat bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi. Ular qatoriga:

davlat xizmatlari, kommunal to‘lovlar (elektr, gaz, suv), alkogol va tamaki mahsulotlari, yoqilg‘i va elektrotransport zaryadlash xizmatlari, 25 million so‘mdan oshadigan tovar va xizmatlar hamda ko‘chmas mulk va 10 yildan oshmagan avtomobillarni oldi-sotdisi kiradi.

Shuningdek, 2026-yil 1-yanvargacha barcha savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarida yagona QR kod orqali elektron to‘lovni qabul qilish majburiy etib belgilanadi.

2026-yil 1-iyuldan yagona QR koddan foydalanmaslik savdo qoidalarini buzish sifatida baholanadi. Ushbu tartib to‘lovlarni shaffoflashtirish, yashirin aylanmalarni qisqartirish va iqtisodiy tartib-intizomni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun