ID kartalari topshirildi

Date:

Muzrabot tumanida Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan yoshlar uchun unutilmas tadbir tashkil etildi. Tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi boshlig‘i Maqsud Rahmonov tomonidan 16 yoshga to‘lgan 4 nafar yoshga ilk shaxsni tasdiqlovchi hujjat — ID kartalari tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur tadbir nafaqat muhim hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni, balki yoshlar hayotidagi esda qolarli daqiqalardan biriga aylandi.

“Konstitutsiyamizning 33 yilligi arafasida ID kartasini qo‘lga kiritish biz uchun juda quvonchli va unutilmas voqea bo‘ldi”, — deydi yoshlar.

Tadbir yoshlarning huquqiy ongini oshirish, ularda fuqarolik masʼuliyatini mustahkamlashga ham xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘sha qarish saodati

Oila — mehr, sadoqat va o‘zaro hurmat bilan mustahkamlanadigan...

Bolajonlar uchun yomg‘irli shou tashkil etildi

Yozning issiq kunlarida bolalarning ko‘nglini ko‘tarish va yozgi ta’tilni...

193 ta murojaatning 26 tasi joyida hal

Fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlarini tezkor va manzilli hal etish...

Ustoz tashabbusi yoshlarga qanot

Yoshlarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantirish, ularning ta’lim...
KunTun
KunTun