Tozalik xizmatlari 100 foizga yetkaziladi

Date:

Surxondaryoda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi ishlar yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Prezident topshiriqlariga muvofiq, hududlarda sanitar tozalikni ta’minlash, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida yig‘ish, chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar izchil davom etmoqda.

Viloyatning 7 ta hududida faoliyat olib borayotgan “Toza hudud” davlat muassasasiga 12 ta zamonaviy chiqindi to‘plash transport vositalari topshirildi. Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, yig‘ilganlarni Konstitutsiyaning 33 yilligi bilan tabrikladi.

Yangi texnikalarning ishga tushirilishi natijasida avval sanitariya xizmatlari qamrovidan chetda qolgan 33 ta mahalla to‘liq qamrab olinadi. Shuningdek, Jarqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanlarida sanitar tozalik xizmatlari 56 foizdan 100 foizga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Bu esa hududlarda tozalikni ta’minlash, ekologik barqarorlikni yaxshilash va aholiga yaratilayotgan qulayliklarni yanada oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bunyodkorlik ishlari qizgʻin pallada

Qishloq hududlarida zamonaviy ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va maktabgacha ta’lim...

Mahorati yoshlarga ibrat

Xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilayotgan yosh sportchilar...

Qulay va zamonaviy ta’lim muhiti yaratiladi

Ta’lim muassasalarini zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlash va qishloq hududlarida...

Zamonaviy klinika ish boshladi

Aholini sifatli va zamonaviy tibbiy xizmatlar bilan qamrab olish,...
KunTun
KunTun