Zamonaviy laboratoriya ishga tushdi

Date:

Surxondaryo viloyatida sud-ekspertiza xizmatlarining sifatini oshirishga qaratilgan muhim qadam sifatida X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Tantanali tadbirda Adliya vazirligi va viloyat hokimligi rahbarlari, sud-huquq organlari vakillari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

Yangi bino zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanib, ilk bor viloyatda Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Endilikda fuqarolar biologik ota-onalikni aniqlash xizmatidan bevosita Surxondaryoning o‘zida foydalanishi mumkin. Bu esa aholiga katta qulaylik yaratib, vaqt va mablag‘ni tejash, sud-tergov jarayonlarida esa aniqlik va tezkorlikni oshirishga xizmat qiladi.

Tadbir doirasida sud-tergov organlari xodimlari va advokatlar uchun yangi laboratoriyaning ishlash tartibi hamda sohadagi yangiliklarga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. Mazkur laboratoriyaning ishga tushirilishi adolatni ta’minlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, sud-ekspertiza xizmatlarining shaffofligi va samaradorligini yanada kuchaytiradigan muhim bosqich bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qumqo‘rg‘onda raqamli xizmatlar markazi ish boshladi

Qumqo‘rg‘on tumanida aholiga zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli xizmatlarni...

Teng huquq — teng imkoniyat: ayollar himoyasining yangi mezonlari

Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash demokratik huquqiy davlatning muhim...

Favqulodda vaziyatlarda volontyor — ko‘makchi kuch va insonparvarlik timsoli

            Favqulodda vaziyatlar inson hayoti va salomatligiga, mol-mulk...

595 ta tashqi reklamaning 293 tasi qonunga zid

Termiz shahrida tashqi reklama vositalarini joylashtirish tartibiga rioya etilishi...
KunTun
KunTun