O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati 100 yoshda

Date:

Boysun tumanida O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyatining 100 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda jamiyatning insonparvarlik, mehr-oqibat va ko‘ngillilik tamoyillariga asoslangan faoliyati, aholini qo‘llab-quvvatlash borasida qilgan ezgu ishlari yuksak e’tirof etildi.

Tadbir davomida jamiyat ustavida belgilangan vazifalar ijrosiga munosib hissa qo‘shgan tashkilotlar, muassasa rahbarlari va faol hamkorlarga esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalar topshirildi.

Ushbu e’tirof — insonparvarlik, birdamlik va ezgulik qadriyatlarini yurtimizda keng targ‘ib etishga qo‘shilgan munosib hissaning yuksak qadrlanishidir. Qizil yarim oy jamiyati bugun ham jamiyatimizda mehr-muruvvatning ishonchli ramzi bo‘lib qolmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun