O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-sonli Farmoni ijrosi doirasida joylarda amaliy ishlar izchil davom etmoqda. Xususan, Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Sh. Rajabov rahbarligida shahar va tumanlar hokimliklari, Mahalla yettiligining boshqarma boshliqlari hamda ularning shahar va tuman bo‘lim boshliqlari ishtirokida Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda viloyat hamda shahar va tumanlarda tashkil etilgan shtablar faoliyati, undagi tashkiliy ishlar samaradorligini oshirish, o‘qitish ishlarini yanada rivojlantirish, shuningdek, har bir hududda belgilangan manzillarning GIS lokatsiyasini jo‘natish ishlarining tashkil etilishi bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi. O‘z navbatida, “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbirini samarali tashkil etish, mas’ullar faoliyatini muvofiqlashtirish va jarayonlarni yuqori saviyada amalga oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.

