Loyihalar taqdimot qilindi

Date:

Hududlarda tadbirkorlik salohiyatini oshirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va xususiy sektor faolligini kengaytirishga qaratilgan ishlar o‘z samarasini bermoqda. Ilgari agrar sohaga ixtisoslashgan tumanlar bugun sanoat va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida jadal rivojlanmoqda. Uzun tumani ham keyingi yillarda ana shunday faol sanoatlashuv jarayonlari kechayotgan hududlardan biridir.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovning tumanga tashrifini “Jasur bulding” MCHJ loyihalari taqdimoti bilan tanishishdan boshlandi. Korxona tomonidan tosh maydalash va beton mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihani 2026-yilda ishga tushirish, 30 ta ish o‘rni yaratish hamda yiliga 3 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Loyihani ekologik talablar va xomashyo imkoniyatlaridan kelib chiqib takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi. Mas’ullarga korxonani ishga tushirishda tadbirkorlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish topshirildi. Shuningdek, “Tematon group” MCHJ tomonidan ekoturizm majmuasi qurish bo‘yicha loyiha taqdimot qilindi.

Tashrifning keyingi manzili Fayzova mahallasidagi auksion savdosiga qo‘yilgan bo‘sh yer maydoni bo‘lib, ushbu hududda kottej tipidagi uy-joylar, bog‘cha, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari barpo etish takliflari ko‘rib chiqildi. Loyihani amalga oshirish natijasida aholini turar joy bilan ta’minlash va 85 ta yangi ish o‘rni yaratish nazarda tutilgan.

Viloyat hokimi taqdim qilingan takliflarni tinglab, loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq tashkiliy-huquqiy masalalarni hal etish va hududning iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib chiqib, ularni takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun