Sport imkoniyatlari kengaymoqda

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-389-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom etmoqda. Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi “Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan Surxondaryo viloyatidagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari va “Muruvvat” internat uylari zamonaviy sport jihozlari bilan ta’minlandi.

Loyihalar doirasida jami 33 turdagi 589 ta sport jihozi topshirildi. Ushbu tashabbus nogironligi bo‘lgan shaxslarning jismoniy reabilitatsiyasi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularga yangi imkoniyatlar yaratish va sport bilan muntazam shug‘ullanishiga keng yo‘l ochib bermoqda.

Mazkur ishlar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning hayot sifatini yanada yaxshilash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘sha qarish saodati

Oila — mehr, sadoqat va o‘zaro hurmat bilan mustahkamlanadigan...

Bolajonlar uchun yomg‘irli shou tashkil etildi

Yozning issiq kunlarida bolalarning ko‘nglini ko‘tarish va yozgi ta’tilni...

193 ta murojaatning 26 tasi joyida hal

Fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlarini tezkor va manzilli hal etish...

Ustoz tashabbusi yoshlarga qanot

Yoshlarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantirish, ularning ta’lim...
KunTun
KunTun