Ekopolitsiya tashkil etiladi

Date:

Ekologik nazorat inspeksiyasi va tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha hududiy maxsus prokuraturalar negizida Ekopolitsiya tashkil etiladi. Ekopolitsiya xodimlari jismoniy kuch ishlatish, elektroshoker, rezina o‘qli va to‘r otuvchi xizmat qurollarini qo‘llash huquqiga ega bo‘ladi. Ularning maxsus kiyimiga bodi kameralar o‘rnatiladi.

Bu – 19 noyabr kuni e’lon qilingan prezident farmoni va qarorida ko‘rsatilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri prokuraturalariga ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat yo‘nalishida ajratilgan 40 ta shtat birligi Ekopolitsiyaga o‘tkaziladi.

Ekopolitsiya – Ekologiya qo‘mitasining ekologik xavfsizlikni ta’minlash va bu boradagi huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida huquqni muhofaza qilishga doir ayrim vazifalarga ega maxsus bo‘linmasi hisoblanadi.

Ekologiya qo‘mitasi raisi bir vaqtning o‘zida Ekopolitsiya boshlig‘i hisoblanadi. Ekopolitsiya boshlig‘ining o‘rinbosari bir vaqtning o‘zida Ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari hisoblanadi va Ekopolitsiyaning tezkor shtabiga rahbarlik qiladi.

Ekopolitsiya xodimlariga jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni (elektroshok qurilmalarini) va xizmat qurolini (rezina o‘qli, to‘r otuvchi) qo‘llash huquqi beriladi. Ularning maxsus kiyimiga bodi kameralar o‘rnatiladi.

Qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritilgunga qadar Ekopolitsiya xodimlarining jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalar va xizmat qurolini qo‘llash tartibi “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan asoslar va shartlar asosida bo‘ladi.

Ekopolitsiya xodimlarini maxsus texnika va transport vositalari bilan ta’minlash Ekologiya qo‘mitasining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Qaror bilan, ekopolitsiya xodimlarini 2025–2027-yillarda maxsus texnika va transport vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha dastur tasdiqlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Orzudan boshlangan yo‘l

Har bir inson hayotida uning kelajagiga yo‘l ko‘rsatadigan, qalbiga...

Xalqaro yuk tashuvlarida yangi bosqich

Xitoy–Qozog‘iston–O‘zbekiston–Afg‘oniston yo‘nalishida ilk konteyner poyezdi yo‘lga qo‘yildi. 50 ta...

Harbiy xizmatchilarga asalarichilik sirlari o‘rgatilmoqda

Asalarichilik — mehnatsevarlik, sabr va mas’uliyatni talab etadigan, insonni...

Sariosiyodagi 94 ta maktabga 325 million so‘m

Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar bugungi kunda...
KunTun
KunTun