Sariosiyo tumani hududidagi maktablarning bo‘sh binolaridan samarali foydalanish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Maqsad – qamrov darajasini oshirib, ta’lim sifatini yaxshilash.
Tumandagi 38-, 39-, 40- va 28-son bog‘chalarga moslashtirilishi rejalashtirilgan maktab binolari yaqindan o‘rganilib, binolar infratuzilma, xavfsizlik, gigiyena va boshqa barcha belgilangan me’yorlarga muvofiqligi bo‘yicha baholandi. O‘rganish natijalari ijobiy bo‘lib, ular bog‘cha faoliyati uchun to‘liq mos ekanligi aniqlandi.
Tez kunda ushbu binolar bog‘chalar faoliyati uchun foydalanishga topshiriladi.

