Mediatsiya instituti takomillashtiriladi

Date:

Qonun (O‘RQ–1089-son, 17.10.2025 y.)ga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi nizolarni samarali va tezkor ravishda hal etishga, mediatsiya tartib-taomillarining hamma joyda qo‘llanilishini rag‘batlantirish orqali sudlardagi yuklamani maqbullashtirish belgilangan.

– Mediativ kelishuv taraflar tomonidan ixtiyoriy ravishda bajarilmagan taqdirda, uni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ish mediativ kelishuv tuzgan tarafning arizasiga binoan ko‘rib chiqiladi.

-Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish quyidagi hollarda rad etiladi, agar:

-mediativ kelishuv qonunchilikka zid bo‘lsa;

– mediativ kelishuvning ijro etilishi talab qilinayotgan shartlari o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan bo‘lsa;

– mediativ kelishuvda belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilgan bo‘lsa;

– mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza mediativ kelishuvni ixtiyoriy ijro etish muddati tugagan kundan e’tiboran olti oy o‘tganidan keyin berilgan bo‘lsa, bundan o‘tkazib yuborilgan muddat sud tomonidan uzrli deb topilgan va tiklangan hollar mustasno.

-Mediator tomonidan mediatsiya to‘g‘risidagi qonunchilik talablari, Mediatorning kasb etikasi qoidalari buzilganligi unga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.

R.Tillayev,

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlaro sudi sudyasi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TerDU talabalari — finalda!

Termiz davlat universiteti talabalari “Talabalar teatr studiyalari” festivalining Samarqandda...

Samarqand-u Buxoroga sayohat

Angor tumanida ichki turizmni rivojlantirish hamda yurtimizning boy tarixiy-madaniy...

Do‘ppi chelenji o‘tkazildi

Angor tumanida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va yoshlar orasida milliy...

Mini GES ishga tushdi

Oltinsoy tumanida energiya samaradorligini oshirish va aholini elektr ta’minoti...
KunTun
KunTun