Loyihalar samaradormi?

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida qurilish va ijtimoiy infratuzilma sohasidagi loyihalar ijrosini o‘rganish ishlarini davom ettirdi. Tashrif davomida “Manguzar” mahallasida 504 o‘rinli o‘quv binosi, 222 o‘rinli yotoqxona va sport zaliga ega ixtisoslashtirilgan maktab qurilishi, shuningdek, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazining 80 o‘rinli qo‘shimcha binolari bunyodkorlik jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

“Tinchlik” mahallasida tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar va savdo hamda maishiy xizmat obyektlari qurilishi ham o‘rganildi.

Shuningdek, “Surxon sohili” mahallasida “Temirchilik klasteri” loyihasi hamda mahalliy bozorni qurilish materiallari savdosiga ixtisoslashtirilgan majmuaga aylantirish rejalari muhokama qilindi. Qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat, xalqaro mezonlar va yangi imkoniyatlar

Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga Alvis Pathway xalqaro ta’lim...

Milliy meros targ‘ibotchilari saralandi

Milliy qadriyatlar — xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy...

Teatr sahnasida hayot saboqlari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari Termiz shahridagi...

Suv ta’minotining yangi tizimi yaratilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tuman hududlarini o‘rganishi davomida...
KunTun
KunTun