“To‘lg‘ay”da boshlandi…

Date:

Uzun tumanidagi “To‘lg‘ay” mahallasida yashovchi aholining bog‘cha yoshidagi farzandlari maktabgacha ta’lim tashkilotlariga to‘liq qamrab olinmagan. Bu ota-onalarning eng katta tashvishi desa ham bo‘ladi. Chunki, bolalar ayni o‘rganadigan, o‘zlashtiradigan, dunyoni kashf etadigan davrlarida uyda. Kattalarning esa bola bilan shug‘ullangani bilan mutaxassis beradigan bilim va ko‘rikmani bera olmasligi yomon.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi qaroriga asosan “Tolto‘g‘ay”lik bolajonlar uchun 150 o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha ta’lim muassasasining qurilishiga tamal toshi qo‘yildi. Shundan so‘ng, qurilish ishlari jadallik bilan boshlab yuborildi. Ushbu loyiha uchun mablag‘lag‘lar Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan bo‘ldi. Qisqa muddat ichida mahallada mo‘jazgina bog‘cha bunyod bo‘ladi va barcha shart-sharoitlarga, qulayliklarga ega muassasa jajji o‘g‘il-qizlarni bag‘riga chorlaydi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun