Yurtimizda to‘y va marosimlarni tartibga solish, ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish hamda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida “Maromiylik” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Surxondaryo viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan davra suhbatida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ziyolilar va mahalla faollari marosimlarda milliy an’ana va odob-axloq me’yorlariga amal qilish, isrofgarchilikning oldini olish masalalarini muhokama qildilar.
Tadbirda “Nuroniy” jamg‘armasi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Musulmonlar idorasi va Oqila ayollar harakati hamkorligida jamiyatda maromiylik madaniyatini keng targ‘ib etishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Yakunda ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni kuchaytirish maqsadida ishtirokchi tashkilotlar o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
“Maromiylik” loyihasi — oilaviy qadriyatlarimizni asrash, isrofgarchilikka chek qo‘yish va jamiyatda hamjihatlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamdadir.

