Kelishuv manfaatli boʻldi

Date:

Surxondaryoda bo‘lib turgan Eron Islom Respublikasining Fors viloyati hokimi Huseyn Ali Amiriy boshchiligidagi delegatsiya Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetiga tashrif buyurdi.

Mehmonlar universitet rektori Rasul To‘rayev hamrohligida Surxon geologiyasi muzeyi bilan tanishib, mintaqaning tabiiy boyliklari haqida ma’lumot olishdi.

Tashrif doirasida biznes-forum o‘tkazilib, unda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar ikki viloyat universitetlari o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlari, akademik almashinuv va ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

3 kilometr — iroda va qat’iyat sinovi

Bugun Termiz shahrida yoshlarni sportga keng jalb etish va...

O‘zbekiston terma jamoasi shtabiga yangi mutaxassislar qo‘shildi

Bosh murabbiy Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi...

“Ijodkor bolalar” aniqlandi

Surxondaryo viloyati bolalar kutubxonasida “Kitobxonlik festivali” doirasida “Ijodkor bolalar”...

Harbiylar bilimi sinovdan o‘tdi

DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli Surxondaryodagi harbiy qismlardan birida kitobxonlik...
KunTun
KunTun