Imtiyozli sug‘urta tizimi joriy etiladi

Date:

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tashabbusi bilan mehnat migrantlari uchun imtiyozli sug‘urta tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Yangi mexanizm migrantlarning hayoti, sog‘lig‘i va moliyaviy xavflarini sug‘urta orqali himoya qiladi. Sug‘urta kompaniyalariga xorijda mehnat faoliyati davrida hayot va sog‘liq sug‘urtasi, hujjatlar rad etilishi hamda kreditlar qaytmasligi xavfini sug‘urtalash tizimini joriy etish tavsiya etildi.

Shuningdek, migrantlar uchun tibbiy sug‘urta polisi berilishi yoki ular bo‘lgan mamlakatda assistans xizmati orqali tibbiy yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Ushbu tizim mehnat migrantlarining xavfsizligini ta’minlash, moliyaviy yo‘qotishlarning oldini olish va xorijda tibbiy yordamni osonlashtirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat, xalqaro mezonlar va yangi imkoniyatlar

Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga Alvis Pathway xalqaro ta’lim...

Milliy meros targ‘ibotchilari saralandi

Milliy qadriyatlar — xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy...

Teatr sahnasida hayot saboqlari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari Termiz shahridagi...

Suv ta’minotining yangi tizimi yaratilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tuman hududlarini o‘rganishi davomida...
KunTun
KunTun