Fors delegatsiyasi Surxondaryoda

Date:

Eron Islom Respublikasining Fors viloyati hokimi Xosseyn Ali Amiriy boshchiligidagi delegatsiya Surxondaryo viloyatiga amaliy tashrif bilan keldi. Termiz xalqaro aeroportida mehmonlarni viloyat hokimining o‘rinbosari Sherali Jo‘rayev boshchiligidagi rasmiylar kutib oldi.

Tashrif doirasida delegatsiya Imom Al-Hakim at-Termiziy maqbarasini ziyorat qildi hamda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muzokaralarda savdo-iqtisodiy, sanoat, logistika, qishloq xo‘jaligi, turizm, ta’lim va tibbiyot sohalarida hamkorlik istiqbollari muhokama etildi.

Natijada Surxondaryo va Fors viloyatlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolandi. Shuningdek, ikki hudud tadbirkorlari ishtirokida Savdo-iqtisodiy va investitsion forum o‘tkazilib, qo‘shma loyihalar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovlari va o‘zaro savdo aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Fors viloyati hokimi Surxondaryo delegatsiyasini Fors viloyatining markazi — Shiraz shahriga amaliy tashrif bilan borishga taklif etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Doʻstlik va hamjihatlik qadri ulugʻlandi

Millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik jamiyat barqarorligi hamda...

O‘zbekiston haqidagi xolis nigoh

O‘zbekistonning boy tarixi, ma’naviy merosi va bugungi taraqqiyotini xalqaro...

Janubda “Shukronalik darslari” o’tkazildi

Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Kakaydi va Hayrabod...

Deputat tashabbusi

Oltinsoy tumanining “Yangiqurilish” mahallasi aholisi tomonidan toza ichimlik suvi...
KunTun
KunTun