“25 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi”

Date:

Yoshlar kelajakning buguni va ertasidir. Ularning barkamol shaxs sifatida voyaga yetishi uchun barcha birdek mas’ul. Shu munosabat bilan yurtimizda viloyat yoshlar festivali bo‘lib o‘tayotgani barchaga ma’lum. “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostidagi yoshlar festivalining ikkinchi kun tadbirlari San’at saroyining bog‘ida bo‘lib o‘tdi. Besh tashabbus asosida tashkillashtirilgan festival doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini hamda “Shaxmat” musobaqalari o‘tkazildi.

Musobaqa va tadbirlarni Surxondaryo viloyat hokimi To‘ra Bobolov o‘z so‘zlari ochib berdi. Shaxmat musobaqasida viloyatimizning 15 ta tuman, shaharlarining har biridan 3 nafardan kelgan o‘g‘il-qizlar o‘zaro bellashishdi.

— Oltinsoy tumanida maxsus shaxmatga qiziquvchilar uchun to‘garak tashkillashtirganmiz, — deydi Xolbekov Abdujabbor. — To‘garakda 28 ta shaxmatga qiziquvchi ishtirokchi bor. Bugungi “Shaxmat” musobaqasida tumanimizdan eng sara o‘yinchalarimiz ishtirok etayotir.

“Shaxmat” musobaqasi bilan bir qatorda “Zakovat” intellektual o‘yini ham bo‘lib o‘tdi. Intellektual o‘yinda Viloyat zakovat koordinatori Salohiddin Odilov, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi O‘ktam Xolliyev hamda “Zakovat” o‘yining 2013-yil mavsum chempioni Sherali Tursunov hakamlik qilishdi. “Zakovat” intellektual o‘yinida 15 ta tumandan kelgan ishtirokchilar jami 20 ta savolga javob berishdi.

Bellashuv qizg‘in tus olgan. Bilimi ustun kelgan jamoa “Zakovat” intellektual o‘yini so‘nggida 25 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

D.Otaqulova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...

Yoshlar yorug‘ va shinam sinfxonalarda o‘qiydi

Bandixon tumanida yosh avlod uchun zamonaviy ta’lim sharoitlarini yaratishga...
KunTun
KunTun