Yoshlar festivali doirasida “Yosh kitobxon” tanlovi o‘tkazildi

Date:

Mutolaa dunyoqarashni, so‘z boyligimizni kengaytiradi. Qolaversa, kitobxonlik tanlovlarida uyaltirib qo‘ymaydi ham. “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida viloyat yoshlar festivali doirasida adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida bo‘lib o‘tgan “Yosh kitobxon” tanlovida ham kitobxon ishtirokchilar uyalib qolmadi. Bilimlarini, mahoratlarini ishga soldilar.
Tanlov 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida tashkil etildi. Har bir hududdan bir nafardan, jami 15 nafar qiz ishtirok etib, ular “Test sinovi” va “Badiiy asarlar bilimdoni” shartlari bo‘yicha bellashishdi. Taassurotlar, fikrlar hakamlar hay’atini e’tiborsiz qoldirmadi. Har bir ishtirokchi o‘ziga berilgan savollarga o‘ylab, mushohada ila javob berdi.
Termizlik Saodat Boysariyevaning zukkoligi, kitobxonligi tomoshabinlar va hakamlar e’tibori va e’tirofiga loyiq topilib, 1-o‘rinni qo‘lgan kiritdi. Oltinsoylik Xurshida Toshmurodova 2-o‘rin, boysunlik Marg‘iyona Abdukarimova 3-o‘rinni egalladi. G‘oliblarga pul mukofotlari va kitoblar jamlanmasi taqdim etildi


Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun