Yo‘l xavfsizligiga hissa qo‘shayotgan korxona

Date:

Yo‘l harakati xavfsizligi har bir inson hayoti va jamiyat taraqqiyoti uchun beqiyos ahamiyatga ega. Bu jarayonda yo‘l belgilari muhim ko‘rsatkich va ogohlantirish vositasi bo‘lib, haydovchi hamda piyodalar uchun xavfsiz harakatlanish kafolatini yaratadi. Shu bois yo‘l belgilarini sifatli ishlab chiqarish va aholiga yetkazib berish masalasi davlatimiz siyosatida ham ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Angor tumanidagi “Parvina Surxon” mas’uliyati cheklangan jamiyati aynan mana shu dolzarb yo‘nalishda faoliyat olib bormoqda. Korxonada turli ko‘rinishdagi yo‘l belgilari ishlab chiqarilmoqda va ular hududlarda o‘rnatilib, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Mazkur jamiyat faoliyati bilan yaqinda Angor tumani hokimi Qosim Mardonov tanishdi. U korxonada amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, bu kabi loyihalar nafaqat tuman, balki butun viloyat miqyosida yo‘l infratuzilmasini takomillashtirishda muhim rol o‘ynashini ta’kidladi.

Hozirda “Parvina Surxon” MCHJda 3 nafar tuman fuqarosi doimiy ish bilan ta’minlangan. Hokim tashrifi davomida ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish, yangi turdagi mahsulotlar tayyorlash va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha topshiriq va tavsiyalar berildi.

Shu tariqa, mazkur korxonaning faoliyati nafaqat iqtisodiy samaradorlik, balki jamiyat xavfsizligi va aholining farovon hayotiga xizmat qilmoqda. Yo‘l belgilarining har birini hayotiy zarurat sifatida qadrlash, ularning ishlab chiqarilishi va to‘g‘ri joylashtirilishini ta’minlash esa barchamizning umumiy manfaatimizdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TDMAU — xalqaro energetika alyansiga a’zo

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Xitoyga amalga oshirilgan...

Imtiyozli kreditlar natijadorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan “24-tavsiya” ijrosi...

Inklyuziv ta’lim: teng imkoniyatlar sari

Bugungi kunda maktabgacha va maktab ta’lim tashkilotlarida inklyuziv guruhlar...

“Xotira bor ekan — millat barhayot!”

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Termiz...
KunTun
KunTun