O‘n birinchi jangida ham g‘alaba qozondi

Date:

Bahodir Jalolov — bu nom o‘zbekman deganning ko‘nglida g‘urur va iftihor tuyg‘usini uyg‘otadi. To‘g‘ri-da, alp bo‘lsa shunday bo‘lsin. Bahodir Jalolov o‘zbekning farzandiga, chempioniga aylanib ulgurdi. Uning janglarini katta ishtiyoq bilan kuzatadigan, qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘lganimiz rost.

Bahodirning professional boksdagi 11-jangi ham hech bir yurtdoshimizni e’tiborsiz qoldirmadi. U professional boksning og‘ir vazn toifasida (+90,7 kg) Nyu-Yorkdagi jang kechasida ringga ko‘tarildi. Showtime tomonidan o‘tkazilayotgan musobaqada o‘zbek o‘g‘loniga belgiyalik Jek Mulovayi (11-2-1, 7 KO) raqiblik qildi. Jang 8 raundga mo‘ljallangan edi. Bahodir esa barcha raundlarda ochkolar bo‘yicha ustunlik qildi va 6-raund oxirida raqibini nokdaun holatiga tushirdi. So‘nggi raund boshida esa nokaut ro‘y berdi.

Natija hech birimizni hayron qoldirmadi. G‘alaba Bahodir Jalolov tomonda. Ha, hamyurtimiz nokautli seriyasini davom ettirdi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun