Yashillik dunyoni qutqaradi

Date:

Biz yashab turgan dunyo to‘rtta asosiy unsur – tuproq, suv, havo va olovdan tashkil topgan. Ulardan biri ikkinchisisiz mavjud bo‘lmaydi. Barchasi uyg‘unlikda yer yuzidagi hayotni bir butunlikda
ta’minlab turadi. Ilm-fan taraqqiy etib, inson omilining tabiat muhitiga salbiy ta’siri kun sayin kuchayib borayotgan bir paytda tabiat go‘zalliklari va yashillik dunyosini asrash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biriga aylangan.
Shu bois yurtimizda mavjud o‘rmon fondini asrash va ko‘paytirish borasida ko‘plab ijobiy ishlar amaga oshirilmoqda.
O‘rmonlar nafaqat dunyoga yashillik va go‘zallik baxsh etadi, balki havoni tozalab, insoniyatni beminnat kislorod bilan ta’minlab turishi bilan ham muhim ahami-yatga ega. Masalan, 1 kilometr kvadrat o‘rmonzor kuniga
11 tonna kislorod ishlab chiqaradi. Shuning barobarida tog‘ va tog‘ yonbag‘irlari bo‘ylab yastangan daraxtzorlar iqlim muvozanatini saqlash bilan birgalikda, namlikni oshiradi, haroratni mo‘tadillashtiradi.
Bugun dunyoning ko‘pgina mintaqalarida cho‘llanish va yerlarning degradatsiyaga uchrashi tufayli iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelmoqda. O‘zbekistonda o‘rmonlar maydoni mamlakat hududining atigi 8 foizini tashkil qiladi. Bu esa yurtimizda o‘rmonlarni barqaror boshqarishni rag‘batlantirish, qayta tiklash, o‘rmonlashtirish ishlarini tizimli amalga oshirishni taqozo etadi.
Dunyo miqyosida o‘rmonlar yiliga taxminan 2,6 milliard tonna kislorod ishlab chiqaradi. Bu raqamlar turli manbalarga ko‘ra farqlanishi mumkin, ammo umuman olganda, o‘rmonlar jahonning kislorod ishlab chiqarishida muhim rol o‘ynaydi. O‘rmonlar fotosintez jarayoni orqali uglerod dioksidini o‘zlashtirib, kislorod ishlab chiqaradi. Shu bilan birga, o‘rmonlarning himoya qilinishi va saqlanishi global iqlim o‘zgarishini kamaytirishda ham muhim ahamiyatga ega. O‘rmonlar yer yuzining taxminan 30 foizini tashkil etadi va ular faol ekosistemalar sifatida nafaqat biologik xilma-xillikni saqlash, balki odamlarning hayoti uchun juda muhim funksiyalarni bajaradi.
Sariosiyo tumanida joylashgan Uzun davlat o‘rmon xo‘jaligida ham bugungi kunda bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. O‘rmon xo‘jaligining umumiy yer maydoni 106 451,7 ming gektarni tashkil qiladi. Shundan tabiiy o‘rmonzorlar 19 475,35, tutashmagan o‘rmonzorlar 222,1, siyrak o‘rmonzorlar
6 790,3, madaniy o‘rmonzorlar
1 084 gektar hududda joylashgan.
O‘rmon xo‘jaligida bugungi kunda 149 nafar ishchi-xodim mehnat qilmoqda. Uzun davlat o‘rmon xo‘jaligi 3 ta bo‘limdan iborat: “Uzun” (228 gektar), “Sangardak” (68 300 gektar), “Zevar” (37 923,7 gektar) hududga ega. “Uzun” bo‘limi asosan ko‘chatchilikka ixtisoslashtirilgan. Bo‘limda 53 gektar ko‘chatxona mavjud bo‘lib, 60 turdagi
2,5 million mevali va 4,5 million manzarali ko‘chatlar parvarish qilinmoqda. Shundan
35 turi manzarali, 25 turi
mevali ko‘chatlar hisoblanadi. Hozirgi vaqtda pavloniya, kashtan, sadaqayrag‘och, tut, chinor, xelle katalpa, lola daraxti, eldor qarag‘ayi, Qrim sosna, mojevelnik, tuya kompaktniy, bagryannik, eman, qizil do‘lana, yapon saforasi, go‘zal katalpa, olxo‘ri, egma tut va yapon tut kabi manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari yetishtirilmoqda.
O‘rmon xo‘jaligida 2025-yilda 61 gektar yangi o‘rmonzor barpo etildi. Bodom, olma, qog‘oz daraxti (4,5 gektar), nok na’matak va boshqa turdagi o‘rmonzorlar shular jumlasidan. Prezidentimizning “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning urug‘chiligini yo‘lga qo‘yishni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda “Dorivor o‘simliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash hamda davolashda ulardan keng foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida o‘rmon xo‘jaligi yerlarida 20 turdagi dorivor va ozuqabop o‘simliklar yetishtirish bo‘yicha ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilda 52 gektar maydonga dorivor o‘simliklar ekildi. Rejaga asosan yil oxirigacha 206 tonna dorivor o‘simliklar xomashyosi tayyoralanadi. Lavanda, dala choy, alqor, qalampir yalpiz, kiyik o‘ti, tog‘ rayhoni, qizil do‘lana singari shifobaxsh giyohlar yetishtirilayotganligi tahsinga loyiq.
— So‘nggi paytlarda o‘rmon xo‘jaligimizda mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda, noyob va kam uchraydigan o‘simlik turlarini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Asli vatani janubiy Amerika hisoblangan ginkgo biloba 1 000 tup, botqoq sarvisi 3 ming tup, lavanda (buta gul) 10 ming tup, pavlovniya 10 ming tup,
shuningdek, kashtan va yapon saforasi ko‘chatlari yetishtirilmoqda. Har yili avgust oyida ko‘plab turdagi mevali daraxt ko‘chatlari kurtak payvand qilinadi. Bu ishlarga asosan xotin-qizlar jalb qilinadi. Ya’ni olmaning krimpson, golden, simirenko va qirmizi, bodom, o‘rik, shaftoli, xurmo, olcha, nok hamda tut kabi daraxt ko‘chatlari sifatli payvand qilinib, korxona, tashkilot hamda aholiga yetkazib berilmoqda. Hudud keng maydonni tashkil etgani uchun o‘rmonchi va nazoratchilarimiz maxsus texnika, aloqa vositalari, ot-ulov bilan ta’minlangan. Ular markaz bilan aloqa vositalari orqali bog‘lanib, hududlarda sodir bo‘layotgan voqea va hodisalardan xabardor qilib turishadi. Zarur holatlarda tezkor chora-tadbir ko‘riladi. Bundan tashqari, qo‘shimcha yordamchi xo‘jaligimizda parranda bosh soni xususiy sektor subyektlari bilan birgalikda reja 12 ming bosh bo‘lib, amalda 12,5 mingta, asalari oilasi xususiy sektor subyektlari bilan birgalikda reja 7 ming oila bo‘lib, amalda
7,4 ming oila, chorva bosh soni xususiy sektor subyektlari bilan birgalikda reja 9 ming bosh bo‘lib, amalda 10,2 mingta,
mayda shoxli mol soni
1 230 boshni tashkil qiladi, — deydi Uzun davlat o‘rmon xo‘jaligi boshlig‘i Ramziddin Nizomiddinov.
Shuningdek, Preziden-timizning 2023-yil 26-aprelda qabul qilingan “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori doirasida Uzun davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida gastro, agro, eko va sport turizmi maskanlarini tashkil etish” choralarini ko‘rish topshirig‘i berilgan bo‘lib, bugungi kunda xo‘jalikda
2,5 gektar gastronomik turizm, 17,3 gektar agroturizm va
5,6 gektar ekoturizm maydonlari tashkil etilgan.
Prezidentimiz tomonidan joriy yilni “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili” deb nomlanishida ham ulkan hikmat bor. Davlat dasturi doirasida viloyatimizda bog‘-rog‘lar barpo qilish, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda o‘rmonlar hududini kengaytirish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Shubhasiz, Uzun davlat o‘rmon xo‘jaligi bu borada ham peshqadamlardan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Zero, o‘z kasbining
bilimdoni, fidoyi va jonkuyarlarining halol mehnatlariga har qancha tahsin aytsa arziydi.

Xolmuhammad TOG‘AYMURODOV

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

8 nafar yosh ish bilan band

Angor tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash maqsadida...

Qumdagi va toshdagi yozuv

Bir kuni ikki do‘st tortishib qolishdi va biri ikkinchisiga...

Taassurot hayratlanarli

Termiz davlat pedagogika instituti o‘qituvchilari tashabbusi bilan talabalar “Qo‘g‘irchoq”...

Bizda bronza medal!

Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlarining III...
KunTun
KunTun