Namunali ko‘chalarda

Date:

Ayni kunlarda viloyatimizdagi har bir mahallada bittadan ko‘chani namunali hududga aylantirish ishlari amalga oshirilyapti. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur tashabbuslar ijrosi bilan Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Neftchilar” mahallasi misolida tanishdi. Belgilangan rejalarga muvofiq, mahallada ichki yo‘llar ta’mirlangan, ariqlar betonlashtirilib, elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida beton ustunlar o‘rnatilgan.

6,3 ming nafar aholi yashovchi ushbu mahallaning asosiy drayveri — dehqonchilik, issiqxona xo‘jaligi, shuningdek, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalaridir. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida mazkur yo‘nalishlarda 78 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

Viloyat rahbari “mahalla yettiligi” a’zolari, nuroniylar va faollar ishtirokida hududdagi mavjud muammolarni o‘rgandi. Ichki yo‘llarni ta’mirlashni yakunlash, kommunal xizmatlar sifati va qamrovini oshirish, shuningdek, yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan mikroloyihalarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, mahalla markazini yanada obod qilish maqsadida tashabbuskorlar ishtirokida saylgoh barpo etish loyihasini ishlab chiqish va taqdimotga tayyorlash vazifasi yuklatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun