Qonunchilikda nimalar oʻzgaradi?

Date:

  • Oʻzbekistonda 2025-yil 1-avgustdan qonunchilikda byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda talabalar va oʻquvchilarning stipendiyalari 10 foizga oshiriladi. Bunda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 1 271 000 soʻm, bazaviy hisoblash miqdori – 412 000 soʻm etib belgilanadi.
  •  “Yagona milliy mehnat tizimi” axborot dasturida nogironligi bor shaxslar uchun ish oʻrinlarini zaxiralash tizimi joriy etiladi. Tashkilotlar elektron roʻyxatga asosan, nogironlarning jismoniy holati, imkoniyatlari va malakasiga qarab, oʻz joylashgan manzilida ish oʻrinlarini zaxira qilib beradilar.
  • Bundan buyon oziq-ovqat mahsulotlari uchun majburiy standartlar oʻrniga Kodeks Alimentarius standartlari asosida sanitariya qoidalari, normalar va gigiyenik meʼyorlarga amal qilish talab etiladi.
  • Har bir ish kunida davlat organlari va tashkilotlarida jismoniy tarbiya tadbirlari oʻtkaziladi. Xodimlarning tana vazni indeksi muntazam oʻlchanadi va bu maʼlumotlar hrm.argos.uz platformasida doimiy ravishda eʼlon qilib boriladi.
  • Kompensatsiya mablagʻlari davlat byudjeti hisobidan ajratiladi va xususiy maktabgacha taʼlim muassasalariga yoʻnaltiriladi.
  • Barcha xususiy oliy taʼlim muassasalari talabalarni qabul qilish buyrugʻini Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining HEMIS yagona axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazishi shart. Oxirgi muddat – joriy oʻquv yilining 1-oktyabridan kechikmasligi kerak.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“E-auksion.uz” — ochiq savdo maydoni

Bugungi tezkor hayotda har birimizning xayolimizda turli biznes g‘oyalari...

Kamchiliklar bartaraf etildi

Jarqo‘rg‘on tumanida davlat tilining nufuzini oshirish, uni hayotimizning barcha...

Bilim va zukkolik bellashuvi

Termiz davlat universitetida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini boshlandi....

“Yangi hayot”da yangi maskan

Qiziriq tumanida yosh avlod tarbiyasi va ta’limi yo‘lida navbatdagi...
KunTun
KunTun