Yevronews ijodkorlari Surxondaryoda

Date:

Jahonning taniqli va nufuzli telekanallaridan biri bo‘lmish Yevronews Toshkent shahrida o‘z vakolatxonasini ochib, faoliyat yuritayotganidan xabaringiz bor. Ayni telekanal ijodkorlari ijodiy safar bilan Surxondaryo viloyatida bo‘lib, qadimiy vohaning boy turistik salohiyati haqida qiziqarli ko‘rsatuv tayyorladi.

Jurnalistlar uch kun viloyat bilan tanishib, ko‘rsatuv uchun noyob lahzalarni tasvirga oldi. Mehmonlarga viloyat hokimi o‘rinbosari Jo‘rabek To‘rayev vohaning uzoq o‘tmishdan so‘zlaydigan tarixiy obidalari, arxeologik yodgorliklari, eko, gastronomik va boshqa turistik obyektlari, sayyohlarni jalb etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha so‘zlab berdi. Nufuzli telekanal ijodkorlari viloyatning arxeologik yodgorliklari, noyob milliy hunarmandchiligi, urf-odat va an’analari bilan yaqindan tanishdi.

Boysun tumanidagi osmono‘par Xo‘jaqo‘chqorota tog‘lari qo‘ynida “Boysun” folklor-etnografik xalq ansambli san’atkorlari milliy qadriyat va urf-odatlarimiz tarannum etilgan konsert dasturlari bilan ko‘rsatuv jozibadorligini yana oshirdi. Surxondaryolik tajribali gid Sergey Avtayev vohadagi buddizm yodgorliklari, ularning tarixi va jahon tamaddunida tutgan o‘rni, qadimgi folklor san’atimizning nafis qirralarini namoyish etayotgan Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Sarmangan” ansambli haqidagi qiziqarli fikrlarini baham ko‘rdi.   Safar yakunida xorijlik ijodkorlar O‘zbekistonning janubdagi mintaqasi ularda boy taassurot uyg‘otganini alohida e’tirof etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Munosib natija qayd etildi

Yosh sportchilarning respublika miqyosidagi musobaqalardagi ishtiroki ularning mahoratini oshirish,...

Yoshlar energetika loyihasi bilan tanishdi

Kelajak kasbini ongli tanlash va zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini...

57 kilometr — qat’iy nazorat ostida

Hududlarni obod saqlash faqat estetik masala emas, balki aholi...

Tabiat va taraqqiyot bir kadrda

Hududning xalqaro maydondagi tanilishi nafaqat sayyohlar, balki investorlar va...
KunTun
KunTun