115 tonna yuk koʻtaradi

Date:

Oʻzbekistonda yangi turdagi yuk koʻtaruvchi temiryoʻl vagonlarini ishlab chiqarish boshlanmoqda. 2024-yil 21-noyabr kuni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Andijon mexanika zavodi” AJ hamda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ hamkorligida “Sanoat uchburchagi” sanoat yarmarkasi doirasida umumiy qiymati 501,76 mlrd soʻmlik loyihani amalga oshirish boʻyicha memorandum imzolangan edi.

Ushbu loyiha doirasida 6 oʻqli, 115 tonna yuk koʻtaruvchi dumpkar-samosval vagonlarini loyihalash, ishlab chiqarish va 2025-yilda yetkazib berish koʻzda tutilgan. Loyiha “Olmaliq togʻ-kon metallurgiya kombinati” hamda “Olmaliq quyuq mexanika zavodi” bilan qoʻshma tarzda mahalliylashtirildi. Ushbu yoʻnalishdagi ilk vagonni Oʻzbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan 2025-yil avgust oyida joʻnatish rejalashtirilgan.

Shuningdek, “Navoiyuran” DK buyurtmasiga asosan 2025-yil davomida 45 dona 15−9724 va 15−9724−04 rusumli vagon-sisternalar ishlab chiqarilib, qiymati 59 mlrd soʻm miqdoridagi mahsulot yetkazib berildi. Ayni vaqtda ularning 10 donasi foydalanishga topshirilgan.

Mahalliylashtirilgan mahsulotlar eksport ham qilinmoqda. Xususan, Turkmanistonning Ege Logistika kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma asosida, umumiy qiymati 4,452 mln dollar boʻlgan 56 dona 15−9721 rusumli neft mahsulotlari tashuvchi vagon sisternalar yetkazib berilmoqda. Hozirda ushbu kompaniyaga 6 dona vagon (477 ming dollar) joʻnatilgan. Shuningdek, turkmanistonlik tadbirkor B. Polliyevga ham shuncha miqdorda eksport amalga oshirilmoqda.

Qozogʻistonning Kazsink Temir Trans kompaniyasi uchun esa Oʻzbekiston hududida qayta ishlangan, oltingugurt kislotasini tashuvchi 10 dona vagon-sisternalar eksport qilinmoqda. Shartnoma qiymati 301 ming AQSH dollariga teng.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“E-auksion.uz” — ochiq savdo maydoni

Bugungi tezkor hayotda har birimizning xayolimizda turli biznes g‘oyalari...

Kamchiliklar bartaraf etildi

Jarqo‘rg‘on tumanida davlat tilining nufuzini oshirish, uni hayotimizning barcha...

Bilim va zukkolik bellashuvi

Termiz davlat universitetida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini boshlandi....

“Yangi hayot”da yangi maskan

Qiziriq tumanida yosh avlod tarbiyasi va ta’limi yo‘lida navbatdagi...
KunTun
KunTun