Yo‘llar foydalanishga shay

Date:

Bugungi kunda shahar va qishloq joylaridagi ko‘chalar hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasi takomillashtirilmoqda. Ichki yo‘llar qurilib, rekonstruksiya qilinayotir, ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, budjet mablag‘lari hisobidan Termiz shahri va barcha tumanlarda joriy yil har bir hududda 20 kilometrdan yo‘l ta’mirlandi.

Ushbu dastur doirasida Termiz shahridagi “Nurli kelajak” mahallasining Gulshan ko‘chasi, “Jo‘yjangal” mahallasining Tagor ko‘chasi hamda “Ma’rifat” mahallasining Toxariston ko‘chasida ta’mirlangan 20 kilometr yo‘l foydalanishga topshirildi.

Yo‘llar ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, nuroniylar, mahalla faollari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Mazkur ishlar uchun davlat budjetidan 60 milliard so‘m yo‘naltirildi.

Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilari Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida yangidan qurilayotgan binoda olib borilayotgan jihozlash ishlari va yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi. Ishlarni tez fursatda yakunlash, zamonaviy tibbiy jihozlar va asbob-uskunalar bilan ta’minlash vazifalari belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun