Zargarlik yanada rivojlanadi

Date:

Mahalliy sanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yil 25-may kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida zargarlik sohasini kengaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilangan edi. Ushbu vazifalar ijrosi doirasida Surxondaryo viloyatida manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida zargarlar va tadbirkorlar bilan navbatdagi amaliy uchrashuvini o‘tkazdi. Tadbirda bojxona, soliq, bank, investitsiya sohalari hamda tijorat banklari vakillari ishtirok etib, sohani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar, xomashyo bilan ta’minlash, eksport imkoniyatlari, imtiyozli kreditlar hamda boshqa amaliy masalalar yuzasidan ma’lumot berishdi.

Uchrashuvda viloyat hokimi tomonidan tadbirkorlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, xomashyo ta’minotini yo‘lga qo‘yish va sohadagi mavjud muammolarni hal etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi. Bunday uchrashuvlar zargarlik sohasini jadal rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama rag‘batlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

KITOB — ENG BUYUK MOʻJIZADIR

     Bugungi axborot texnologiyalari asrida smartfon va internet hayotimizni...

G‘olib sayohatga chiqadi

Hukumat qarori bilan ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha fan...

Steviyadan daromad

Sho‘rchi tumanining "Baxshtepa" mahallasida yashovchi Hikmatilla Allayorov tomorqasidan samarali...

Yangi uylar muddatida topshiriladi

Sariosiyo tumanida aholini zamonaviy va qulay uy-joylar bilan ta’minlashga...
KunTun
KunTun