“Yettilik” faoliyati samara beryaptimi?

Date:

Hududlarda mahalla “yettiligi” faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan vazifalar va chora-tadbirlar belgilanmoqda. Jumladan, joriy yil 17-iyul kuni viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanidagi “Qo‘shtegirmon” mahallasida bo‘lib, mahallaning dolzarb muammolarini hal etish, aholi turmush farovonligini oshirish yo‘lida “yettilik” ning tuman hokimligi va tegishli idoralar bilan hamkorlikdagi vazifalarini belgilab bergan edi.

Ushbu topshiriqlar ijrosi doirasida mahalladagi ichki yo‘llar asfaltlandi, elektr energiyasi, ichimlik va oqova suv ta’minoti yaxshilandi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha aniq amaliy choralar ko‘rildi. Xususan, ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash uchun faoliyatsiz yer maydonida nasos o‘rnatilib, suv chiqarildi hamda nogironligi bo‘lgan fuqaroning murojaatiga binoan, poyabzal ta’mirlash ustaxonasi tashkil qilindi.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov “Qo‘shtegirmon” mahallasida bo‘lib, amalga oshirilgan ishlar hamda belgilangan vazifalar ijrosi bilan yaqindan tanishdi. Tashrif doirasida aholi bandligini oshirish maqsadida qator investitsiya va tadbirkorlik loyihalari taqdimoti ham o‘tkazildi. Jumladan, “Hofizbek Sirojbek” fermer xo‘jaligi tomonidan 3 gektar maydonda zamonaviy issiqxona barpo etish, “Ali Shifo Angor” xususiy korxonasi tomonidan maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtalari tashkil etish, shuningdek “Umidjon Hakimjon 777” ishlab chiqarish kooperativi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan parrandachilik loyihasi taqdimotlari ko‘rib chiqildi.

Loyihalarni amalga oshirishda mutasaddi idoralar tomonidan amaliy yordam ko‘rsatish hamda mahallada infratuzilmani yanada yaxshilash yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yashil energiya va issiqlik ta’minoti jamoatchilik nazoratida

Termiz shahridagi Matbuot uyida ko‘p qavatli uylarning ichki issiqlik...

Probatsiyadan — bandlik sari

Denov tumanida probatsiya nazoratida turgan fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratilgan...

Tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston enoturizmi va...

Ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan yordam beriladimi?

Sovuq kunlarda kommunal xarajatlarning ortishi, ayniqsa, kam daromadli oilalar...
KunTun
KunTun