Hamkorlik yangi bosqichda

Date:

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori Rasul To‘rayev  Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon viloyatida joylashgan Shihez shahrida o‘tkazilgan “ISAED 2025” xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi. Ushbu uchrashuvlar orqali rektor qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan amaliy muzokaralar olib borib, qo‘shma loyihalar ustida hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Tashrif yakunida MoU (o‘zaro anglashuv memorandumi) va boshqa qo‘shimcha kelishuvlar imzolandi. Rasul To‘rayev ushbu marosimda faol ishtirok etdi va konferensiya doirasidagi hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlashga hissa qo‘shdi.

Safar davomida rektor Xitoy milliy madaniyatiga oid tadbirlarda ham qatnashib, Shihez shahri va uning atrofidagi tarixiy va madaniy obidalar bilan yaqindan tanishdi. Mazkur uchrashuvlar va madaniy dasturlar doirasida amalga oshirilgan ishlar OTMlararo hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi shubhasiz.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Dorilar arzonlashadi

Aholi uchun dori-darmonlarning yanada qulay bo‘lishi maqsadida joriy yilning...

Muddat aniq, jazo qat’iy

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari...

Bog‘cha ochsa, imtiyoz bor

Maktabgacha ta’lim qamrovi past bo‘lgan hududlarda xususiy bog‘cha ochayotgan...

Mahsulotlar eksportga yo‘naltirilgan

Surxondaryo viloyatining qulay iqlimi va unumdor tuproqlari qishloq xo‘jaligi...
KunTun
KunTun