Qutqaruvchi robot ishlab chiqiladi

Date:

Yaponiyaning eng yirik universitetlaridan biri bir nechta mahalliy kompaniyalar bilan birgalikda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish va qutqaruv ishlarida qo‘llaniladigan eng so‘ngi gumanoid robotlarni ishlab chiqish uchun kuchlarni birlashtiradi. Bu haqda Kyodo agentligi xabar berdi.

Vaseda universiteti mahalliy Murata, Tmsuk va Sre Holdings kompaniyalari bilan birgalikda balandligi 3 metr va og‘irligi 300 kilogramm bo‘lgan gumanoid robotlarni ishlab chiqish va keyinchalik ishlab chiqarish niyatida. Bunday robotlar soatiga 5 kilogramm tezlikda harakatlana oladi va 100 kilogrammdan ortiq yuklarni ko‘tara oladi. Ulkan gumanoid robotlarning asosiy vazifasi Yaponiya muntazam duch keladigan zilzilalar va boshqa tabiiy ofatlardan keyin vayronalarni tozalashdan iborat bo‘ladi.

Sinov modeli 2026-yil oxirigacha tayyor bo‘lishi kutilmoqda, 2029-yilgacha esa ommaviy ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arslonbek mutlaq gʻolib

Uzunlik iqtidorli sportchi Komilov Arslonbek para powerlifting yo‘nalishida yirik...

Sutni qayta ishlash loyihasi yo‘lga qo‘yildi

Muzrabot tumanining eng olis va chegara hududlaridan biri bo‘lgan...

Muzrabotning “Stela”si qurilmoqda

Muzrabot tumanining kirish qismida barpo etilayotgan “Stela” monumenti qurilish...

Jarayon nazorat ostida

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov umumiy o‘rta ta’lim maktablarida...
KunTun
KunTun