O‘z vazn toifasida g‘olib

Date:

Sport — salomatlik garovi. Qay sport turi bilan shug‘ullanmaylik, sog‘lom, baquvvat va mahoratli bo‘lib yetishamiz. Bu kuch va mahoratni esa faqat va faqat maydonga tushganda sarf etish lozim. Huda-behudaga o‘zni ko‘rsatish esa sportchiga xos bo‘lmagan holat. Ayni aqidaga amal qilib kelayotgan sportchilarimiz dunyo arenalariga chiqib, g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilayotgani siz-u bizga yaxshi ayon.

Andijon viloyatida sportning “Usmanov’s Combat Systems” yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan chempionatda ham sportchilar mard-u maydon bo‘ldi. Mazkur nufuzli musobaqada mamlakatimiz sportchilari bilan bir qatorda, Angor tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabining “Karate” to‘garagi a’zolari ham faol ishtirok etib, yuksak natijalarga erishdilar. Jumladan, 16-17 yosh, 51 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Shabnam Mamazairova faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yashil energiya va issiqlik ta’minoti jamoatchilik nazoratida

Termiz shahridagi Matbuot uyida ko‘p qavatli uylarning ichki issiqlik...

Probatsiyadan — bandlik sari

Denov tumanida probatsiya nazoratida turgan fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratilgan...

Tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston enoturizmi va...

Ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan yordam beriladimi?

Sovuq kunlarda kommunal xarajatlarning ortishi, ayniqsa, kam daromadli oilalar...
KunTun
KunTun