Asossiz qarzdorlik bartaraf etildi

Date:

Iste’molchilarning huquqlari qonun bilan himoyalangan. Bu qonunlar iste’molchilarni sifatli mahsulotlar va xizmatlar bilan ta’minlash, ularning sog‘lig‘i va xavfsizligini muhofaza qilish, shuningdek, huquqbuzarliklar sodir bo‘lgan taqdirda ularning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan. Zamon rivojlanishi sari yangi ish, xizmat va tovarlarning yangi turlari paydo bo‘lishi bilan iste’molchilarning turli sohalarda huquqlarini himoya qilishni va qonunchilikni mos ravishda takomillashtirib borishni taqazo etadi. Milliy qonunchiligimiz ham xalqqa xizmat qilgan holda yildan-yilga mukammallashtirilib borilmoqda.
Xususan, o‘tgan vaqtlar mobaynida qonunga iste’molchi va sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ish va xizmat ko‘rsatuvchi) o‘rtasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishning yangicha mexanizmlari, shartnomaviy munosabatlarda iste’molchiga o‘zining qonunchilikda belgilangan talablarini qanoatlantirishda ustuvor huquq berilishi, ishlab chiqaruvchi haqidagi, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalari va umuman, tovar to‘g‘risidagi axborotni iste’molchilarga davlat tilida yetkazilishi va shartnomaga iste’molchining qonunchilikda nazarda tutilgan huquqlarini kamsitadigan shartlarni kiritishga yo‘l qo‘yilmasligi kabi talablar kiritildi. Shuningdek, tovarlarni axborot tizimlaridan foydalangan holda realizatsiya qilishda iste’molchilarning huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik va oldini olish maqsadida ushbu munosabatlarni tartibga soluvchi talablar alohida yangi modda sifatida qonunda mustahkamlab berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqularini himoya qilish qo‘mitasining viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida iste’mochilardan kelib tushgan jami 2 371 ta murojaatlar o‘rganib chiqilishi natijasida jami 1,3 milliard so‘m mablag‘ iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlandi. Kelib tushgan murojaatlarning 74 foizi (1 751 tasi) uy-joy kommunal transport sohasida, 8 foizi (189 tasi) savdo va umumiy ovqatlanish sohasida, 4 foizi (88 tasi) ijtimoiy sohaga tegishli hamda 14 foizi (343 tasi) reklama va boshqa sohalarga tegishli bo‘lgan murojaatlarni tashkil etadi.
Murojaatlarning aksariyati kommunal sohalarga tegishli bo‘lib, birgina suyultirilgan maishiy gaz balonlarni o‘z vaqtida yetkazib berilmayotgan 1 618 ta fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqilib, ushbu fuqarolarning xonadoniga suyultirilgan gaz balonlar yetkazib berilishi ta’minlandi. Bundan tashqari, Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro Q. R.va boshqalarning murojaatlaiga ko‘ra “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ da o‘tkazilgan tekshirish davomida Jarqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi 488 ta abonentga jami 66 918 118 so‘m, Uzun tumanida istiqomat qiluvchi jami 380 ta abonentga jami 18 430 796 so‘m, jami ikkita tumanda yashovchi 868 ta abonent 3 028 ta iste’molchilarga umumiy 85 348 914 so‘m qiymatdagi sanitariya talablariga javob bermaydigan iste’molga yaroqsiz ichimlik suvi yetkazib berilganligi aniqlandi.
Natijada, Hududiy boshqarma tomonidan “Surxondaryo suv ta’minoti” aksiyadorlik jamiyatiga O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuning 4-moddasi va 12-moddasi talablari buzilganligi holati bo‘yicha ish qo‘zg‘atilib, iste’molchilarga hisoblangan asossiz qarzdoliklar bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Aholiga maishiy chiqindi tashish xizmatini ko‘rsatuvchi “Toza hudud” davlat unitar korxonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida viloyat “Toza hudud” davlat korxonasi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga ko‘ra, korxona tomonidan xizmat ko‘rsatayotgan ba’zi tumalardaga mahallalar aholisiga 2024-yil va 2025-yil 1 choragi davomida ko‘rsatilmagan xizmat uchun jami 706 ta xonadon (3620 ta fuqarolar)ga jami 294 126 140 so‘m asossiz qarzdorlik hisoblanganligi aniqlandi.
Jumladan, Boysun tumani 120 ta xonadonga, 18 515 800 so‘m, Denov tumanidagi 464 ta xonadonga 232 720 880 so‘m, asossiz qarzdorlik hisoblanganligi aniqlanib, “Toza hudud” davlat unitar korxonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuning 21-moddasi talablari buzilganligi holati yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, qarzdorliklarni hisobdan chiqarish bo‘yicha ko‘rsatma taqdim etildi.
Albatta, hududiy boshqarma tomonidan amalga oshirilayotgan bunday sa’y-harakatlar har bir iste’molchining huquqi qonun himoyasida ekanligidan dalolat beradi.

K.Chariyev,
Hududiy boshqarma bosh mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir...

Birinchi saboq

Maktabda kirish qo‘ng‘irog‘i jiringlashi bilan sinfxonalarga bir-bir ko‘z yugurtirish...

Taraqqiyot poydevori

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan...

GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara...
KunTun
KunTun