IX konferensiya bo‘lib o‘tdi

Date:

Yangi O‘zbekistonni barpo etish, fuqarolar farovonligini ta’minlash va mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirish yo‘lida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda fuqarolar huquq va manfaatlarini himoya qilish, mehnat munosabatlarini mustahkamlashda kasaba uyushmalarining o‘rni beqiyos.

Surxondaryo viloyati Kasaba uyushmalari Kengashining IX konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari Sayfulla Ahmedov, kasaba uyushmalari tizimidagi faollar, delegatlar va mehmonlar ishtirok etdi. Tadbirda mehmon sifatida Tojikiston Mustaqil Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Xatlon viloyati Kengashi raisi Rizozoda Abduroziq Sharif boshchiligidagi delegatsiya ham qatnashdi.

Viloyat rahbari kasaba uyushmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtaldi. Keyingi besh yilda vohamizda 180 o‘rinli “Xo‘jaipok” va 50 o‘rinli “Sangardak” dam olish maskani, 200 o‘rinli “Sangardak” sanatoriysi foydalanishga topshirildi. Shuningdek, Boysun tumanidagi “Omonxona” sanatoriysini kengaytirish bo‘yicha yangi qurilishlar boshlandi. Joriy yilda “Ayollar daftari”ning 6-bosqichi doirasida 71 mingdan ziyod xotin-qizlarga amaliy yordam ko‘rsatilishidagi hamkorlik kasaba uyushmalari faoliyatining yana bir muhim yo‘nalishi sifatida e’tirof etildi.

So‘z yakunida viloyat hokimi Konferensiya ishtirokchilariga muvaffaqiyatlar tilab, yangi rahbarlar tarkibini saylashda adolat va mas’uliyatli yondashuv muhim ekanini ta’kidlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Doʻstlik va hamjihatlik qadri ulugʻlandi

Millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik jamiyat barqarorligi hamda...

O‘zbekiston haqidagi xolis nigoh

O‘zbekistonning boy tarixi, ma’naviy merosi va bugungi taraqqiyotini xalqaro...

Janubda “Shukronalik darslari” o’tkazildi

Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Kakaydi va Hayrabod...

Deputat tashabbusi

Oltinsoy tumanining “Yangiqurilish” mahallasi aholisi tomonidan toza ichimlik suvi...
KunTun
KunTun