BHMning 6 baravari miqdorida

Date:

Hukumat qarori bilan «Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida»gi nizom tasdiqlandi. Nizom qamoqdan ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa tayinlash va toʻlash tartibini bеlgilaydi.

Nafaqa tayinlash uchun murojaat qilish, murojaatlarni koʻrib chiqish va nafaqalarni tayinlash E-probatsiya axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Nafaqa miqdori BHM 6 baravarini (2 mln 250 ming soʻm) tashkil etadi.

Ariza bеruvchi jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingan kundan boshlab 1 oy ichida tuman (shahar) probatsiya boʻlimlari (vakolatli organ)ga shaxsan murojaat qiladi.

Vakolatli organ 1 ish kunida ariza bеruvchini nafaqa tayinlangani va nafaqani olish uchun murojaat qilinishi lozim boʻlgan tijorat banki toʻgʻrisida xabardor qiladi.

Nafaqa oluvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar yoki jazoni oʻtab boʻlganlik yoxud jazodan ozod qilinganlik haqidagi ma’lumotnoma asosida, 1 oy muddatda tijorat bankining istalgan filialiga murojaat qilishi mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun